Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiya harbiylarini portlatish rejalashtirilgani aytildi

Rossiya harbiylarini portlatish rejalashtirilgani aytildi

Rossiya harbiy xizmatchilarini portlatishni rejalashtirgan Ukraina fuqarosi o‘n yilga ozodlikdan mahrum etildi. U dastlabki ikki yilni qamoqxonada, qolgan muddatni esa qattiq tartibli axloq tuzatish koloniyasida o‘tkazadi. Shuningdek, unga 30 ming rubl miqdorida jarima ham belgilandi. Bu haqda TASS axborot agentligiga Janubiy harbiy okrug YHXB ma’lum qildi.

Tergov materiallariga ko‘ra, Xerson viloyatining Gornostayevka qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 23 yoshli Rustam Chijik mintaqada joylashgan rus harbiylarini portlatish uchun granata va trotil shashkalaridan foydalanmoqchi bo‘lgan. Uning ishi jinoyat sodir etishga urinish, terrorizm va portlovchi moddalar bilan noqonuniy muomala qilish moddalari bo‘yicha ko‘rib chiqilgan (Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining 30-moddasi 1-qismi, 205-moddasi 1-qismi, 222.1-moddasi 1-qismi).

Kiritildi: 23:43 04.02.2025. O'qildi: 1920 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!