Rus faylasufi va jamoat arbobi Aleksandr Dugin Rossiya va Eron Ittifoq davlatini tuzishni hamda "Dajjol sivilizasiyasiga qarshi birgalikda kurashishni" taklif etdi.
"Rossiya-Eron Ittifoq Davlatini tashkil etish avangard g‘oya hisoblanadi. Bu bizning geosiyosiy salohiyatlarimizni shunchaki qo‘shish emas, balki ularni ko‘paytirish bo‘lardi. Aslida, bunday qadam yangi global superdavlatni tezkorlik bilan mustahkamlagan bo‘lar edi. Bu Eronga ishonchli yadroviy himoya, Arktikaga va shimoli-sharqiy Yevrosiyoning bepoyon kengliklariga chiqish imkonini berardi. Rossiyaga esa Hind okeanidagi harbiy-dengiz bazalarini, shia dunyosining qudratini, Yaqin Sharq muammolarida faol ishtirok etish uchun plasdarmni va Markaziy Osiyoda gegemonlikni ta’minlagan bo‘lardi..."
Yangi Rossiya-Eron davlatining shimoli pravoslav bo‘ladi. Janubi shialarga tegishli. Va biz birgalikda Dajjol sivilizasiyasiga qarshi kurash olib boramiz," - dedi Dugin.