Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Navbatdan tashqari attestasiya va kasbiy sertifikat sinovlarida ishtirok etish uchun to‘lov miqdori 50 foizga tushirildi

Navbatdan tashqari attestasiya va kasbiy sertifikat sinovlarida ishtirok etish uchun to‘lov miqdori 50 foizga tushirildi

Pedagog kadrlar attestasiyasining navbatdagi majburiy hamda kasbiy sertifikatlash sinovlarida birinchi marta ishtirok etish bepul.

Ma’lumki, navbatdan tashqari pedagog kadrlar attestasiyasi hamda kasbiy sertifikatlash sinovlariga murojaat yuborishda davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im undirilar edi.

Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 16 apreldagi 175-son qaroriga asosan, endilikda pedagoglarga ushbu yig‘im bazaviy hisoblash miqdorining ellik foizi miqdorida etib belgilandi.

Pedagoglar murojaat yuborishda quyidagi usullardan foydalanishlari mumkin:

Vazirlikning rasmiy pedagog.uzedu.uz platformasi orqali

Davlat xizmatlari markazlari orqali

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali

Ma’lumot uchun: hozirgi kunda kasbiy sertifikatlash sinovlarida ishtirok etish uchun murojaat yuborish davom etmoqda. Qabul joriy yil 31 iyulgacha davom etadi.

Avgust-dekabr oylarida o‘tkaziladigan malaka (test) sinovlarida ishtirok etish uchun qabul 1 avgustdan boshlanishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 18:52 24.07.2026. O'qildi: 407 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!