NATO harbiy xarajatlarni oshirmoqda, biroq qurol-yarog‘ yetishmovchiligiga duch kelyapti — The Wall Street Journal.
"Yuqori talab sababli mudofaa korxonalari o‘z ishlab chiqarish quvvatlari chegarasiga yetib qolmoqda. NATO havo hujumidan mudofaa tizimlari, uzoq masofaga uchuvchi raketalar, dronlar va artilleriya snaryadlarini ishlab chiqarishni tezlashtirmoqchi", deya yozmoqda nashr.
Alyans bosh kotibi Mark Ryuttening so‘zlariga ko‘ra, endigi asosiy vazifa o‘n milliardlab dollarlarni zudlik bilan o‘q-dorilar, harbiy texnika va armiyalarning yangi imkoniyatlariga aylantirishdan iborat.