Bugun 18 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Namanganda o‘qituvchi 1-sinf o‘quvchisini kaltakladi

Namanganda o‘qituvchi 1-sinf o‘quvchisini kaltakladi

Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi 39-sonli maktabda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi 1-sinf o‘quvchisini kitobni o‘qib bera olmagani uchun urgani aytilmoqda. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "Bola kaltaklandimi?" sarlavhali video yuzasidan boshqarma tomonidan ishchi guruh tuzilib, maktabda xizmat tekshiruvi boshlangan.

Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, voqea 16 sentyabr kuni soat 10:30 larda, uchinchi dars vaqtida sodir bo‘lgan. O‘qituvchi 1-sinf o‘quvchisini kitobni o‘qib bera olmagani sababli bir necha bor urgan.

Ayni vaqtda holatga huquqiy baho berish hamda unga mas’ul mansabdor shaxslarning xatti-harakatlarini o‘rganish maqsadida xizmat tekshiruvi davom ettirilmoqda.

Tekshiruv yakunlari bo‘yicha maktab rahbariyati va o‘qituvchiga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi.

Kiritildi: 21:55 17.09.2026. O'qildi: 369 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!