Bu haqda Ukraina prezidenti Kiyevga kelgan Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen bilan birgalikda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
"Agar biz qishga kirib borayotgan bo‘lsak, tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Biz allaqachondan beri tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz, biroq ustuvor vazifa qishga tayyorgarlik. Shuning uchun Sergey Koreskiy barcha maslahatlashuvlardan so‘ng, shubhasiz, Ukraina bosh vaziri lavozimiga eng yaxshi tayyorlangan shaxsdir", — deb ta’kidladi Vladimir Zelenskiy.
14 iyul kuni bosh vazir Yuliya Sviridenko boshchiligidagi Ukraina hukumati iste’foga chiqarildi. Yangi bosh vazir tayinlangunga va Vazirlar Mahkamasi shakllantirilgunga qadar hukumatni vaqtincha bosh vazir o‘rinbosari Denis Shmigal boshqarib turadi.