Bugun 24 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Muhriddin Holikov, Oxunjon Madaliyev, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

Muhriddin Holikov, Oxunjon Madaliyev, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

O‘zbekiston prezidenti ilm-fan, adabiyot, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan bir guruh marhum olim va ijodkorlarni mukofotlash bo‘yicha farmon imzoladi.

Farmon bilan uzoq yillik samarali ilmiy-ijodiy faoliyati, betakror iste’dodi bilan xalq aqliy–ma’naviy salohiyatini oshirishga, o‘z sohasi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun quyidagi marhum olim va ijodkorlar mukofotlanadi:

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

  • O‘ktam Aripov, fan arbobi, akademik, jarroh olim;
  • Vali G‘afurov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, adib;
  • To‘xtasin Jalolov, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adabiyotshunos olim, tarjimon;
  • Vasil Qobulov, fan arbobi, akademik, kibernetik olim;
  • Begali Qosimov, fan arbobi, jadidshunos olim;
  • Quddus Muxamedov (Quddus Muhammadiy), O‘zbekiston xalq shoiri;
  • Tursunali Parfiyev (Rauf Parfi), O‘zbekiston xalq shoiri;
  • Murod Rajabov, O‘zbekiston xalq artisti, aktyor;
  • Alibek Rustamov (Alibek Rustamiy), akademik, adabiyotshunos olim;
  • To‘ra Sulaymonov (To‘ra Sulaymon), O‘zbekiston xalq shoiri;
  • Mamirjon To‘xtasinov, O‘zbekiston xalq artisti, xonanda;
  • Muhriddin Holikov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda;
  • Ibrohim Hamraboyev, fan arbobi, akademik, geolog olim;
  • Muhammadjon Yusupov (Muhammad Yusuf), O‘zbekiston xalq shoiri.”

Mehnat shuhrati ordeni bilan

  • Viloyat Akilova, O‘zbekiston xalq artisti, baletmeyster;
  • Rimma Axmedova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, teatr aktyori va dublyaj ustasi;
  • Ismoil Vaxobov, O‘zbekiston xalq hofizi;
  • Oxunjon Madaliyev, O‘zbekiston xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda;
  • Anarkul Nazarov (Anor Nazarov), O‘zbekiston san’at arbobi, kompozitor;
  • Anvarjon Obitjonov (Anvar Obidjon), O‘zbekiston xalq shoiri.

Do‘stlik ordeni bilan

Baxodir Yuldashev, “Diydor” teatr-studiyasi badiiy rahbari.

Kiritildi: 21:19 23.08.2025. O'qildi: 883 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!