Bugun 8 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Donald Tramp: "Ronaldudan yaxshisini topib bo‘lmaydi!"

Donald Tramp: "Ronaldudan yaxshisini topib bo‘lmaydi!"

AQSh prezidenti Donald Trampning aytishicha, "An-Nasr" klubi va Portugaliya terma jamoasi forvardi Krishtianu Ronaldu unga qo‘ng‘iroq qilib, Oq uy bo‘ylab ekskursiya o‘tkazgani uchun minnatdorchilik bildirgan.

"Sokker (futbol) bo‘yicha buyuk o‘yinchi Krishtianu Ronaldu hozirgina qo‘ng‘iroq qilib, shu hafta Oq uy va Oval kabinet bo‘ylab o‘tkazgan safari uchun minnatdorchilik bildirdi. U qanday ajoyib inson - nafaqat buyuk sportchi, balki ajoyib shaxs. Bundan yaxshisini topib bo‘lmaydi!" - deb yozdi Tramp ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu Yevropa Chempionlar Ligasi (140 ta gol) va "Real" (450 ta gol) tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. Bundan tashqari, hujumchi terma jamoa safida eng ko‘p gol urish bo‘yicha jahon rekordiga ham ega. Portugaliya terma jamoasi safida Ronaldu 143 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.

Kiritildi: 16:02 07.12.2025. O'qildi: 881 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!