Bugun 8 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Muhammad Saloh jazolanadigan bo‘ldi

Muhammad Saloh jazolanadigan bo‘ldi

Yaqinda "Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh klub va bosh murabbiy Arne Slotdan noroziligini ochiqchasiga bildirgan edi.

Misrlik "qizillar" so‘nggi daqiqalarda (3:3) g‘alabani boy bergan "Lids"ga qarshi o‘yindan keyin shov-shuvli intervyu berdi. 33 yoshli futbolchining o‘zi esa butun o‘yinni zaxirada o‘tkazdi. Jurnalist Aleks Krukning yozishicha, "Liverpul" bosslari hozirgi vaziyatda niderlandiyalik murabbiyni to‘liq qo‘llab-quvvatlamoqda, Salohni esa jazo kutayotganga o‘xshaydi: u Chempionlar ligasining "Inter"ga qarshi bo‘lajak o‘yiniga jamoa bilan bormasligi mumkin, shuningdek, Premyer-liganing navbatdagi "Brayton"ga qarshi o‘yinida ishtirok etishi dargumon.

Ma’lum bo‘lishicha, hozirda qishki transferlar oynasi davomida OAVda Muhammad Salohning ketishi haqida gap-so‘zlar yuribdi, ammo yulduz futbolchining kelajagi masalasida hozircha aniqlik yo‘q.

Kiritildi: Bugun 07:30. O'qildi: 684 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!