Andijon viloyati Shahrixon tumanida ekologik reydlar vaqtida umumiy ovqatlanish shoxobchalaridagi ayrim tandirlar havoni ifloslantirishi mumkinligi bois buzib tashlangandi.
Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Raxmatillo Razzaqovning aytishicha, reyd vaqtida bitta tandir buzilgan. Yana ikkita tandir ichkaridan joy ajratilib, ishlatishga ruxsat berilgan, chunki ular yo‘l chetida noqonuniy o‘rnatilgan edi.
Buzilgan tandirning qiymati tuman hokimi Hikmatillo Dadaxonov tomonidan o‘z hisobidan qoplab berilgan.