"Eronning Kish orolida bo‘lib o‘tgan marafonning ikki nafar tashkilotchisi hijobsiz ayollar ishtiroki tufayli hibsga olingan. Joriy yilda marafon oltinchi marotaba o‘tkazilgan bo‘lib, unda qariyb 5 ming nafar yuguruvchi qatnashgan", deya xabar bermoqda nashr manbalariga tayanib.
Eron Yengil atletika federasiyasi musobaqa boshlanishidan oldin “huquqiy va diniy talablar”ga rioya etilishi masalasidan xavotir bildirganini ma’lum qildi.
Hukumatga yaqin Tasnim axborot agentligi marafon “jamoat joylarida ro‘mol yechishni va ahloqsizlikni targ‘ib qilmoqda”, deb yozgan hamda bunga mas’ul shaxslar “zudlik bilan jazolanishi kerak”ligini ta’kidlagan.
Joriy yilning noyabr oyida Eron bosh prokurori Muhammad Muvahhediy-Ozod kiyinish qoidalari diniy burch bilan bog‘liq ekanini va ularni buzish holatlari qat’iyan to‘xtatilishi kerakligini ma’lum qilgandi.
Mart oyida esa mamlakat rasmiylari hijob taqilishini nazorat qilish uchun dronlar va yuzni tanib olish texnologiyalaridan foydalanayotgani ma’lum bo‘lgandi.