Bugun 3 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Sirdaryodagi portlashda qancha odam halok bo‘ldi?

Sirdaryodagi portlashda qancha odam halok bo‘ldi?

Avval xabar qilinganidek, shu yil 2 dekabr kuni soat 10:49 da Guliston shahrining "Taraqqiyot" MFY hududida joylashgan ovqatlanish shoxobchasida sodir bo‘lgan yong‘in haqida tez tibbiy yordam "Sall-markazi"ga soat 11:13 da xabar kelib tushgan. Tez tibbiy yordam brigadasi zudlik bilan soat 11:25 da voqea joyiga yetib borib, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatgan.

Hodisa oqibatida 29 nafar fuqaro turli darajadagi kuyish va tan jarohatlari olgan. Shundan 26 nafari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyati filialiga yotqizilgan, 3 nafarining ahvoli qoniqarli bo‘lgani bois ambulator yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori Davron To‘laganov boshchiligidagi kombustiolog, reanimatolog, neyroxirurg, qo‘shma jarrohlar xirurgi, travmatolog va mikroxirurglardan iborat malakali mutaxassislar shu kunning o‘zida voqea joyiga yetib borib, bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda.

O‘ta og‘ir qabul qilingan bemorlardan 3 nafari vafot etgan. Hozirgi paytda shifoxonaga yotqizilgan 1 nafar bemorning ahvoli o‘ta og‘ir bo‘lib, u sun’iy nafas olish apparatida. Reanimasiyadagi mavjud bemorlarning 5 nafari stabil og‘ir, nafasi mustaqil, hushida.

Ayni paytda qabul qilingan bemorlardan ikki nafari homiladorligi sababli Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati filialiga ko‘chirilgan. Ularning ahvoli qoniqarli. Qolgan 15 nafar bemorning ham ahvoli qoniqarli bo‘lib, ular tegishli bo‘limlarda muolaja olmoqda.

Shifoxonada bemorlar uchun zarur bo‘lgan barcha dori-darmonlar mavjud. Ularga tegishli standartlar asosida malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi har bir bemor salomatligini o‘z nazoratiga olgan.

Kiritildi: Bugun 13:19. O'qildi: 786 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!