Bugun 8 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi

Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi

Bugun, 7 dekabr kuni soat 08:57 da Qozog‘istonning Aktobe viloyati Aytekebi tumanidan o‘tgan "Perm-Toshkent" yo‘nalishida harakatlangan “Yutong” yo‘lovchi avtobusi yon tomonga ariqqa ag‘darilib, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida avtobusda bo‘lgan 49 nafar yo‘lovchidan 5 nafari vafot etgan, ulardan 2 nafari O‘zbekiston fuqarolari hisoblanadi.

Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas’ul vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishchi guruh tuzgan holda, ushbu baxtsiz hodisa oqibatida vafot etganlarni Vatanga olib kelish va ularning oila a’zolariga dafn marosimlarini o‘tkazishda har tomonlama yordam ko‘rsatish bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rmoqda.

Ta’kidlanishicha, hozirda Favqudodda vaziyatlar vazirligining mas’ul xodimlari qozog‘istonlik hamkasblari bilan doimiy aloqada bo‘lib, baxtsiz hodisaning kelib chiqish sabablarini o‘rganish bo‘yicha hamkorlik qilmoqda.

Kiritildi: 16:09 07.12.2025. O'qildi: 1522 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!