Benin Qurrolli Kuchlari davlat to‘ntarishiga urinishni barbod qildi — Benin prezidenti Patris Talon.
"Bu faqat televideniyeni nazorat qilayotgan kichik bir guruh. Muntazam armiya nazoratni tiklamoqda. Poytaxt va butun mamlakat to‘liq xavfsizlikda", deyiladi Benin prezidenti ofisining AFP agentligiga bergan izohida.
Mamlakat Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, prezidentga sodiq kuchlar bir necha soat ichida hokimiyat ustidan nazoratni qaytarib olgan.
Mahalliy ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, bir guruh harbiylar milliy televideniye binosida qurshab olingan, ular telekanal xodimlarini garovda ushlab turibdi.
Davlat to‘ntarishiga urinishga boshchilik qilayotgan podpolkovnik Paskal Tigri boshchiligidagi harbiylar Benindagi vaziyatni o‘z nazoratlari ostida ushlab turishganini da’vo qilishmoqda.
67 yoshli prezident Talonning ikkinchi vakolat muddati 2026 yil bahorida tugaydi. Navbatdagi prezidentlik saylovlari aprel oyida bo‘lib o‘tishi kerak. Talon 2016 yilgi saylovlar natijasida hokimiyatga kelgandi. U uchinchi muddatga saylanmaslikka va’da bergan va o‘z vorisini ham ma’lum qilgandi.