Nashrning yozishicha, Ukraina urushida Rossiyaning o‘lgan va yarador bo‘lgan umumiy yo‘qotishlari 1 milliondan 1,35 milliongacha askar va ofiserni tashkil etdi. Bu Ikkinchi jahon urushi paytida o‘ldirilgan yoki yaralangan amerikalik askarlar sonidan ko‘p degani.
"Rossiya aholisining urushdan oldingi (2020–2021) soni bo‘yicha ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 68 milliondan ortiq erkak yashagan. Ukrainadagi harbiy harakatlarda Rossiya harbiylarining o‘limi soni 680 mingdan oshishi mumkin. Bu Ukrainadagi urush boshlanganidan beri Rossiya erkak aholisining 1 foizini urush tufayli yo‘qotganini anglatadi.