Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘ida YEI haqida keskin fikr bildirib, Yevropa Ittifoqini tugatish, suverenitetni esa alohida davlatlarga qaytarish lozimligini ta’kidladi.
“Shunda hukumatlar o‘z xalqlarining manfaatlarini yanada samarali himoya qila oladi”, — deb yozdi u.
Shuningdek, Mask Yevropa byurokratiyasini tanqid qilib:
“U sekin-asta, lekin muqarrar ravishda Yevropani bo‘g‘ib qo‘yapti”, — deya fikr bildirdi.