Bugun 3 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Kelayotgan hafta O‘zbekistonda sovuq havo kutilmoqda

A A A
Kelayotgan hafta O‘zbekistonda sovuq havo kutilmoqda

"O‘zgidromet" havo harorati tushishi va kuchli shamollar haqida ogohlantirdi.

Respublikaning shimoliy hududlarida kelgusi haftada tunda -10 gradusgacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, joriy yilning 8-10 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib keladi.

8-9 dekabrda O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 8-10 dekabrda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi.

9-10 dekabrda shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 15-18 m/s gacha, ayrim joylarda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayadi.

10 dekabrga kelib, markaziy hududlarda harorat asta-sekin, kechalari 2-5 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3-6 daraja iliqqacha, shimolda kechalari 7-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-3 daraja sovutgacha pasayishi kutilmoqda.

Kiritildi: 18:45 05.12.2025. O'qildi: 37413 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!