Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir daryolari oqimini Qozog‘iston va O‘zbekistonga yo‘naltirish bo‘yicha loyiha ustida ishlanayotganini ma’lum qilganidan so‘ng, qator taniqli rossiyalik olimlar bu g‘oya amalga oshmasligini ta’kidladi.
Iqtisodiy sabablar: professor Mixail Bolgovga ko‘ra, loyiha juda qimmat va investorlar yo‘q. Ekologik va iqtisodiy oqibatlar ham aniq emas.
Siyosiy kelishmovchiliklar: suv ekologiyasi bo‘yicha mutaxassis Vladimir Kirillov bugungi geosiyosiy sharoitda bu loyiha deyarli imkonsizligini aytadi. Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya bu masalada kelishishi qiyin.
Loyiha Severnaya Dvina, Pechora va Ob daryosining bir qismini Orol dengiziga hamda Markaziy Osiyoga yo‘naltirishni nazarda tutgan. Bunday g‘oya avval Sovet davrida ham iqtisodiy sabablarga ko‘ra rad etilgan edi.