Bugun 8 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

AQShning yangi xavfsizlik strategiyasi Yevropada keskin tanqid qilindi — Bild

 AQShning yangi xavfsizlik strategiyasi Yevropada keskin tanqid qilindi — Bild

"Donald Tramp tomonidan imzolangan Qo‘shma Shtatlarning yangi milliy xavfsizlik strategiyasi YEI davlatlarida jiddiy norozilikni keltirib chiqardi. 33 sahifalik hujjatda Vashington Yevropani “demokratiya yetishmovchiligi” va “so‘z erkinligini cheklash”da ayblagan. Shuningdek, unda migrasiya tufayli “sivilizasion tahdid” xavfi haqida gapirilgan va Germaniya alohida tanqid qilingan", deya yozmoqda nemis nashri.

Germaniya tashqi ishlar vaziri Yohann Vadeful bunga javoban Germaniya erkin jamiyatni qanday qurish bo‘yicha “tashqi maslahatlarga” muhtoj emasligini aytdi. Shu bilan birga, u barcha kelishmovchiliklarga qaramay, Vashington Berlinning NATO doirasidagi asosiy ittifoqchisi bo‘lib qolayotganini ta’kidladi.

Evropa Ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha rahbari Kaya Kallas esa Qo‘shma Shtatlar bilan birlikni saqlab qolishga chaqirdi.

"Evropada strategiyada “NATO'ning doimiy kengayishini na illyuziya, na haqiqat sifatida davom ettirish kerak emas”, deyilgani jiddiy xavotirga sabab bo‘lmoqda. Agar buni so‘zma-so‘z talqin qilinsa, alyansning ustunlaridan biri bo‘lgan “ochiq eshiklar” tamoyili shubha ostida qoladi", deya qayd etadi Bild.

Ekspertlar AQSh o‘z manfaatlarini barchasidan ustun qo‘yayotgani, ustuvor maqsadlarini qayta ko‘rib chiqayotgani va Yevropani ro‘yxat oxiriga qo‘yib, asosiy e’tiborni Xitoyga qaratishi mumkinligini bildirishgan.

Shu bilan birga, hujjatda Rossiyaga munosabat sezilarli darajada yumshatilgan. Oldin Moskva va Pekin “umumiy tahdidlar” sifatida tilga olingan bo‘lsa, endi Xitoy yagona strategik raqib sifatida ko‘rsatilgan, Rossiya esa “munosabatlarni barqarorlashtirish va o‘zaro foydali savdo qilish mumkin bo‘lgan mamlakat” sifatida tilga olingan.

Kiritildi: 18:58 07.12.2025. O'qildi: 1234 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!