Bugun 26 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Moskva shahri va viloyatida “bayram kunlarida xavfsizlikni ta’minlash” maqsadida mobil aloqa va internet cheklab qo‘yildi — “Nastoyashee vremya”

 Moskva shahri va viloyatida “bayram kunlarida xavfsizlikni ta’minlash” maqsadida mobil aloqa va internet cheklab qo‘yildi — “Nastoyashee vremya”

5 may tongidan boshlab Moskva va unga yondosh hududlar aholisi MTS, “Bilayn”, “MegaFon” va T2 mobil operatorlari aloqasida uzilishlar yuz berayotganidan shikoyat qilishdi. “Bilayn” kompaniyasi aloqa uzilishlari ulardan mustaqil bo‘lmagan sabablarga ko‘ra yuz berayotganini aytib, foydalanuvchilarga Wi-Fi'dan foydalanishni tavsiya etdi.

Moskvada yashovchi aholi Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha yagona davlat ogohlantirish va bartaraf etish tizimidan maxsus xabarnoma olishgani haqida ma’lum qilishmoqda. Mazkur xabarda “9 may bayram tadbirlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida internetga kirishda cheklovlar bo‘lishi mumkinligi” qayd etilgan.

"Hozirda Moskvada G‘alaba paradi oldidan tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda, aloqada uzilishlar 9 maygacha davom etishi mumkin", deya xabar bermoqda “Nastoyashee vremya”.

Kiritildi: 15:04 05.05.2025. O'qildi: 593 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!