Avvaliga soliq qarzi… Keyin xatlov… Oxiri esa — elektron auksion.
Majburiy ijro byurosining Qo‘qon shahar bo‘limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida qarzdor A. Sulaymonovga tegishli metan gaz quyish shoxobchasi elektron onlayn-auksionga chiqarildi.
Sabab — 2 mlrd 946 mln so‘mlik soliq qarzi va 58,9 mln so‘m ijro yig‘imi belgilangan muddatda to‘lanmagani.
Auksion yakunida ob’ekt qariyb 8 milliard so‘mga sotildi. Savdodan tushgan mablag‘ hisobidan 3 mlrd 5 mln so‘mdan ortiq soliq qarzi va ijro yig‘imi to‘liq qoplandi. Qolgan mablag‘ esa boshqa haqdorlar talablarini qondirishga yo‘naltirildi.
Natijada 3 005 034 444 so‘m mablag‘ to‘liq undirilib, ijro hujjati bajarildi.
Qarzni vaqtida to‘lash — mulkni saqlab qolishning eng to‘g‘ri yo‘li. Aks holda qonun o‘z talabini ijro ettiradi.