Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Merkelning portreti Berlin muzeyiga tashrif buyuruvchilar sonini 85% ga oshirdi

Merkelning portreti Berlin muzeyiga tashrif buyuruvchilar sonini 85% ga oshirdi


Berlinning Muzeylar orolida joylashgan Bode muzeyiga tashrif buyuruvchilar soni keskin oshdi, hozirda u yerga kuniga taxminan 900 kishi kelmoqda. Bu iyun oyiga nisbatan 85% ga ko‘pdir. Bunday qiziqishni Angela Merkelning portreti uyg‘otdi. Uni 4 oktyabrga qadar eks-kansler yashaydigan uydan 100 metr uzoqlikda joylashgan muzey zallaridan birida ko‘rish mumkin.

Portret taqdimoti muzeyda 30 iyun kuni bo‘lib o‘tdi. Muzey xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, o‘shandan beri kelayotgan mehmonlarning aksariyati binoga kirishi bilan "Merkelning oldiga qanday o‘tish mumkin?" deb so‘rashmoqda. 4 oktyabrdan keyin kartina Berlindagi Federal kansler idorasi binosida joylashgan Germaniya sobiq hukumat rahbarlari portretlari galereyasiga ko‘chiriladi.

Kiritildi: 20:01 17.07.2026. O'qildi: 1340 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!