Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Medvedev mobilizasiya haqidagi mish-mishlarni «yolg‘on provokasiya» deb atadi

Medvedev mobilizasiya haqidagi mish-mishlarni «yolg‘on provokasiya» deb atadi

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev mamlakat hokimiyati yangi mobilizasiya o‘tkazishni rejalashtirmayotganini bildirdi.

Bu haqda Medvedev Xavfsizlik kengashining Qurolli kuchlarni shartnoma asosida xizmat qiluvchi harbiylar bilan ta’minlash bo‘yicha idoralararo komissiyasi yig‘ilishida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi mobilizasiya tayyorlanayotgani haqidagi xabarlar Rossiyada saylovlar arafasida vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan targ‘ibotning bir qismi hisoblanadi.

«Dushmanning mamlakatda mobilizasiya tayyorlanayotgani haqida turli mish-mishlarni tarqatishga bo‘lgan urinishlari yolg‘on provokasiyadan boshqa narsa emas. Bu saylovlar oldidan olib borilayotgan targ‘ibotning bir qismi», — dedi Medvedev.

Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari armiyaning shaxsiy tarkibga bo‘lgan ehtiyoji shartnoma asosidagi harbiy xizmat hisobiga ta’minlanayotganini ta’kidladi.

Uning ma’lum qilishicha, 2026 yilning dastlabki olti oyida taxminan 200 ming nafar fuqaro Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolagan. Yana 16 ming nafar kishi ko‘ngilli tuzilmalar safiga qo‘shilgan, shuningdek, 40 ming nafarga yaqin harbiy uchuvchisiz tizimlar qo‘shinlariga qabul qilingan.

Medvedevning ta’kidlashicha, iyul oyida ham Qurolli kuchlarni shaxsiy tarkib bilan ta’minlash sur’ati saqlanib qolgan va armiyaning kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji to‘liq qondirilgan.

Mumkin bo‘lgan mobilizasiya haqida tarqalayotgan xabarlarga izoh berar ekan, u bunday ma’lumotlar Ukrainada inson resurslari yetishmasligi bilan bog‘liq ekanini aytdi hamda hududiy va federal idoralarni aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini kuchaytirishga chaqirdi.

Kiritildi: 22:20 29.07.2026. O'qildi: 1008 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!