Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Mbappe futbol tarixida hech kim erisha olmagan JCh rekordini o‘rnatdi

Mbappe futbol tarixida hech kim erisha olmagan JCh rekordini o‘rnatdi

Fransiya terma jamoasi sardori Kilian Mbappe JCH-2026 nimchorak finalida Paragvay darvozasini ishg‘ol qilib, jahon chempionatlari tarixida hech bir futbolchiga nasib etmagan statistik rekordni o‘rnatdi.

ESPN ma’lumotiga ko‘ra, Mbappe 3 ta Mundialning pley-off bosqichida kamida uchtadan gol urgan tarixdagi yagona futbolchiga aylandi.

Xususan, fransuz hujumchisi 2018 yil Rossiyada o‘tgan jahon chempionati pley-offida 3 ta, 2022 yil Qatardagi mundialda 5 ta gol urgan bo‘lsa, JCH-2026ning hozirgi musobaqasida esa ikki o‘yindayoq 3 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi.

Jahon chempionatining chorak finalida Fransiya terma jamoasi Marokash milliy jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 08:51 05.07.2026. O'qildi: 2632 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!