Bugun 8 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Husanovning do‘sti rekord narxga transfer qilindi

Husanovning do‘sti rekord narxga transfer qilindi

«Lids» klubi «Manchester Siti» darvozaboni Jeyms Traffordning transferini rasman e’lon qildi. Angliyalik posbon yangi jamoasi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.

Sky Sports bergan ma’lumotga ko‘ra, kelishuv qiymati bonuslardan tashqari taxminan 46,4 million yevroni tashkil etgan. Bu «Lids» klubi tarixidagi eng qimmat xarid sifatida qayd etildi. Shuningdek, ushbu summa angliyalik darvozabonlar uchun to‘langan rekord miqdordagi transfer to‘loviga aylandi.

Bunga qadar yo‘lbarslarning transfer rekordi 2023 yilning yanvar oyida o‘rnatilgan bo‘lib, o‘shanda «Xoffenxaym»dan fransuz hujumchisi Jorjinyo Ryutter taxminan 41,2 million yevro evaziga sotib olingan edi.

Ma’lumot uchun, Jeyms Trafford o‘tgan mavsumda «Manchester Siti» safida 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Traffordning o‘tishidan so‘ng «Lids»ning joriy transfer oynasidagi umumiy xarajatlari 81 million yevrodan oshdi.

Kiritildi: 11:00 07.08.2026. O'qildi: 3726 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!