Bugun 6 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

"Manchester Siti" ustozi Husanovning qarorini tanqid qildi

"Manchester Siti" ustozi Husanovning qarorini tanqid qildi

Angliya Premyer-ligasining 3-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti" — "Koventri" uchrashuvida Abduqodir Husanov ishtirokida xavfli vaziyat yuzaga keldi. Bahsdan so‘ng "shaharliklar" bosh murabbiyi Enso Mareska o‘zbekistonlik himoyachining o‘sha epizoddagi harakatiga baho berdi.

Uchrashuvning 6-daqiqasida Husanov o‘z jarima maydonchasi ichida to‘pni darvozabon Janluiji Donnarummaga uzatdi. Italiyalik posbon to‘pni qabul qilishda xatoga yo‘l qo‘ydi va u darvoza tomon dumalab ketdi.

Donnarumma so‘nggi lahzada vaziyatni o‘nglab, darvoza chizig‘ini kesib o‘tish arafasida turgan to‘pni qaytarib qoldi. Aks holda, epizod avtogol bilan yakunlanishi mumkin edi.

O‘yindan keyin Mareska vaziyatda Husanovning qarorini ham to‘g‘ri deb hisoblamaganini aytdi.

"Bu axir Donnarumma! Uning qanchalik kuchli darvozabon ekanini hammamiz yaxshi bilamiz. Ammo menimcha, o‘sha vaziyatda Abduqodirning to‘pni darvozabonga uzatishi yaxshi qaror emas edi. Shunga qaramay, Janluiji so‘nggi lahzada to‘pni qaytarishga ulgurdi. Biz yakuniy natijadan mamnunmiz", — dedi Mareska.

"Manchester Siti" ushbu uchrashuvda 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uch ochkodan so‘ng jamoa 9 ochko bilan turnir jadvalida 1-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: Bugun 14:06. O'qildi: 270 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!