Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘rta ta’lim tizimida sifat indeksi joriy etilishini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, pedagogik jamoa salohiyati va erishilgan natijalar asosida barcha maktablar toifalarga ajratiladi.
Ilg‘or maktablar o‘z tajribasini boshqa maktablarga joriy etib, ularning ham yuqori toifaga o‘tishiga erishsa, butun pedagogik jamoaga 30 foiz ustama to‘lanadi.
Davlat rahbari maktablardagi mehnatga haq to‘lash tizimida ham sifat ko‘rsatkichlari inobatga olinishini ta’kidladi.