Bugun 14 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Maktab darsliklari 2027 yildan yangi alifboda chop etiladi

Maktab darsliklari 2027 yildan yangi alifboda chop etiladi

2027–2031 yillarda darsliklarni rejali almashtirish jarayonida ular qo‘shimcha xarajatlarsiz yangi alifboga o‘tkaziladi.

Bu haqda Senatning 19-yalpi majlisida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Anvarjonovich ma’lum qildi.

Vazir o‘rinbosarining ta’kidlashicha:
🔸2027 yildan 1-sinf darsliklari yangi alifboda chiqadi.
🔸2–4-sinflar uchun darsliklar har 3 yilda yangilanadi.
🔸5–11-sinflar darsliklari har 5 yilda almashtiriladi.

Shuningdek, o‘qituvchilarni yangi alifboga tayyorlash boshlangan. 24–28 avgust kunlari ular uchun o‘quv-seminarlar o‘tkazilgan.

Kiritildi: 15:28 10.09.2026. O'qildi: 1210 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!