Aholiga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida “Toza makon” mobil ilovasi ishlab chiqilgan. Mobil ilova orqali fuqarolar o‘zlarining chiqindi xizmatlari bo‘yicha hisob-kitoblari va mavjud qarzdorligini ko‘rishi, to‘lovlar holatini monitoring qilishi hamda shaxsiy hisobvarag‘i bo‘yicha ma’lumotlarni nazorat qilib borishi mumkin.
Canitar tozalash xizmatlari amalda tegishli hududda chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati belgilangan tartibda ko‘rsatilmagan hollarda, fuqarolarga ushbu davr uchun hisoblangan to‘lovlar qayta hisob-kitob qilib beriladi.
Bundan tashqari, “Toza makon” yagona billing axborot tizimida chiqindi tashuvchi texnikalar harakatini yanada aniq nazorat qilish tizimi takomillashtirilayotgan ekan. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish agentligi xabar berdi.
Endilikda xizmat ko‘rsatish faqat geozonalar bo‘yicha emas, balki aholi yashash manzillari va chiqindi yig‘ish shoxobchalari kesimida tashkil etiladi. Bunda aholi “Toza makon” mobil ilovasi va Telegram-bot orqali chiqindi tashuvchi texnikaning kelishini real vaqt rejimida kuzatishi, texnika yaqinlashganda esa bildirishnoma olishi mumkin bo‘ladi. Mutaxassislar tomonidan ushbu tizim orqali sanitar tozalash korxonalari faoliyatini baholash va xizmat sifatini doimiy monitoring qilish imkoniyati yaratilishi aytildi.
"Musuravozlar"ning hududga kirishini kim nazorat qiladi?
Xizmat ko‘rsatishda kamchiliklar, belgilangan jadvaldan chetga chiqish yoki xizmat umuman ko‘rsatilmagan holatlar aniqlansa, hududga xizmat ko‘rsatuvchi sanitar tozalash korxonasi nazoratga olinadi va tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Xizmat ko‘rsatilmagan davrlar uchun aholiga hisoblangan to‘lovlar qayta hisob-kitob qilinadi va ortiqcha to‘langan mablag‘lar hisob raqamiga qaytariladi.
Sifasiz sanitar tozalash xizmati uchun mas’ul operatorlarga chora ko‘riladimi?
Chiqindilarni olib chiqish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish sifati talab darajasida bo‘lmagan korxonalar faoliyati baholanib, ular natijalarga ko‘ra "qizil", "sariq" va" yashil" toifalarga ajratiladi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan amaldagi qonunchilikda belgilangan choralar, jumladan, moliyaviy jarimalar qo‘llaniladi.
✅Shuningdek, jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan korxonalar bilan tuzilgan bitimlarni qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilish choralari ko‘riladi.