Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Mahkuma ayollarning farzandlari uchun maxsus bog‘chalar tashkil etiladi

Mahkuma ayollarning farzandlari uchun maxsus bog‘chalar tashkil etiladi


Prezidentning 2026 yil 12 noyabrdagi qaroriga ko‘ra, 1 dekabrdan jazoni ijro etish muassasalari huzurida 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun «Ona va bola markazi» maxsus davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari ochiladi.

Markazlar 21-son koloniya qoshidagi Bolalar uyi negizida hamda 42-son manzil-koloniyada tashkil etiladi.

Ularda:
▪️ 5 nafargacha bolani qamrab oladigan kecha-yu kunduzgi guruhlar faoliyat yuritadi;
▪️ bolalar yashashi, tarbiyalanishi va tibbiy xizmat olishi uchun sharoit yaratiladi;
▪️ oziq-ovqat, kiyim-kechak va zarur anjomlar bilan ta’minlanadi;
▪️ bolalar o‘z vaqtida emlanadi va tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi;
▪️ har chorakda ona va bola uchun yaratilgan sharoit monitoring qilinadi.

Kiritildi: 14:10 14.11.2026. O'qildi: 536 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik