Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Mahalladagi ijtimoiy xodimlar shu yil reestrda bo‘lmagan yana 95 ming muhtoj odamga yordam ko‘rsatdi

Mahalladagi ijtimoiy xodimlar shu yil reestrda bo‘lmagan yana 95 ming muhtoj odamga yordam ko‘rsatdi

Mahalladagi ijtimoiy xodimlar uyma-uy yurib, shu yil reestrda bo‘lmagan yana 95 ming muhtoj odamga yordam ko‘rsatdi.

51 ming odamga nogironlik belgilandi, 26 mingi protez oldi, nogironligi bor 5 ming bola bog‘cha-maktabga joylashdi.

Bundan tashqari, muhtoj bo‘lmaganlarga asossiz nafaqa to‘lashning oldi olindi, qisqargan xarajatlar byudjetda qoldirildi.

Uch oy oldin viloyat va tumandagi 14 ming rahbar 75 ming kambag‘al oilaga biriktirilib, ular bilan individual ishlash yo‘lga qo‘yildi.

Natijada, shu kunga qadar kambag‘al oilalardagi 17 ming odam doimiy ishga joylashtirildi, tadbirkorlik va tomorqa orqali 14 ming aholining daromadi oshirildi, 30 ming bola bog‘cha, to‘garak va kasbga o‘qitish bilan qamrab olindi, 45 ming muhtoj aholiga tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Kiritildi: 10:45 13.12.2024. O'qildi: 806 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!