Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Madagaskar muvaqqat prezidenti Maykl Randrianirinaga qarshi suiqasdning oldi olindi

Madagaskar muvaqqat prezidenti Maykl Randrianirinaga qarshi suiqasdning oldi olindi

Bu haqda prezident administrasiyasidagi manbalariga tayanib Anadolu xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, hodisa 3 iyul oqshomida poytaxt Antananarivuning Ivandri tumanida sodir bo‘lgan. Prezident korteji qarorgohga qaytayotganida, uni ikkita dron ta’qib qilayotgani aniqlangan. Ushbu dronlarda portlovchi moddalar bo‘lgani tahmin qilinmoqda.

Prezident qo‘riqchilari dronlarga qarata o‘t ochgan. Shundan so‘ng apparatlar yuqoriga ko‘tarilib, hududdan uzoqlashgan. Randrianirina sog‘-salomat uyiga yetib olgan. Hududda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Huquq tartibot idoralari dronlar kimga tegishli ekanini aniqlash uchun surishtiruv boshladi.

Bu Randrianirinaga qarshi so‘nggi oylarda amalga oshirilgan va jamoatchilikka ma’lum bo‘lgan uchinchi suiqasd urinishidir. 15 aprel kuni prezident qarorgohi tepasida beshta termovizion (issqlikni ko‘rsatuvchi) dron aniqlangan va zararsizlantirilgan edi. O‘shanda ham prezidentga suiqasd xavfi borligi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, 3 aprel kuni poytaxt Antananarivuda 11 kishi hibsga olingan. Ular orasida polkovnik Patrik Rakotomamonji va yana bir necha ofiserlar bor. Bu shaxslar prezidentga suiqasd qilish, davlat to‘ntarishiga urinish, jinoiy guruh tuzish va noqonuniy qurol saqlashda ayblanmoqda.

Kiritildi: 15:03 05.07.2026. O'qildi: 966 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!