Rossiya Boltiqbo‘yi mamlakatlaridagi muhim infratuzilma ob’ektlariga hujum qilishda Ukrainadan tortib olingan dronlardan foydalanishni rejalashtirayotgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Litva mudofaa vaziri Robertas Kaunas ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi qurolli nizo boshlanganidan beri Latviya, Litva va Estoniya havo hududiga bir necha bor turli rusumdagi uchuvchisiz uchish apparatlari kirib kelgani va qulagani kuzatilgan.
Yuzaga kelayotgan tahdidlar fonida Boltiqbo‘yi davlatlari o‘z havo hududi xavfsizligini ta’minlash va dronlarga qarshi kurashish tizimlarini yanada kuchaytirish choralarini ko‘rmoqda.