Kuchli yomg‘irlar Nyu-York shahrida keng ko‘lamli muammolarni keltirib chiqardi, Bruklin va Kvins eng ko‘p zarar ko‘rdi.
Amerika ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, kuchli yomg‘ir ko‘chalarni suv bosgan, transport harakati to‘xtagan va daraxtlar qulagan. Shahar xodimlari oqibatlarni bartaraf etishda davom etmoqda.
Bruklinda kuchli yomg‘ir yo‘llarni suv bosgan va sayohatlarda uzilishlarga sabab bo‘lgan. Rasmiylar ba’zi magistral yo‘llarni vaqtincha yopib qo‘yishdi va suv toshqini haqida ogohlantirish seshanba kuni ertalabgacha (AQSh vaqti bilan) amal qiladi.
"Tabiiy ofatlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt yo‘q, bu narsalar kutilmaganda sodir bo‘ladi va juda, juda xavfli bo‘lishi mumkin", dedi Nyu-York gubernatori Keti Xochul.
Kvinsda bo‘ron o‘nlab daraxtlarni ag‘darib tashladi. Tuman aholisining aksariyati jiddiy suv toshqinidan qutulgan bo‘lsa-da, ular hali ham vayronalarni tozalash va oqibatlarini bartaraf etishlari kerak.