Bugun 25 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

"Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy ekotizimini kuchaytirish" texnik ko‘mak dasturi hududlarda ham joriy etilmoqda

"Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy ekotizimini kuchaytirish" texnik ko‘mak dasturi hududlarda ham joriy etilmoqda

2024 yildan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda "Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy ekotizimini kuchaytirish" texnik ko‘mak dasturi hududlarda ham joriy etilmoqda.

Dastur doirasida Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani, Buxoro viloyati Vobkent tumani va Jizzax shahrida “Shaffof shaharlar” va “Halol munisipalitetlar” pilot loyihalari amalga oshirilishi natijasida hududiy boshqaruvdagi 61 turdagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar aniqlanib, chuqur tahlil qilindi va har bir hudud uchun 2025–2026 yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritalari” ishlab chiqildi.

Joriy yilda ham mazkur tashabbus davom ettirilmoqda hamda yangi loyihalar kecha bo‘lib o‘tgan "Hududiy darajada korrupsiyaning oldini olish: muammo va imkoniyatlar" mavzusidagi forumoldi sessiyasida taqdimot qilindi.

Kiritildi: 08:45 23.10.2025. O'qildi: 627 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!