Bugun 25 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Tashqi ishlar vazirligi Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

Tashqi ishlar vazirligi Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

Tashqi ishlar vazirligi Rossiya Federasiyasidagi konsullik muassasalariga soxta hujjatlar taqdim etish holatlari ko‘paygani haqida ogohlantirdi va fuqarolarni ijtimoiy tarmoqlardagi “hujjat tayyorlash” haqidagi e’lonlarga ishonmaslikka chaqirdi.

Aniqlangan holatlardan biriga ko‘ra, Telegramdagi virtual guruh va kanallarda “soxta hujjat tayyorlaymiz” degan xabarlarni tarqatayotgan jinoyatchi guruhlar faoliyat yuritmoqda.

Boshqa holatda esa fuqaro O.B.B. soxta nikoh asosida X.M.A. nomi bilan nikoh guvohnomasini rasmiylashtirib, FHDYo organlaridan farzandi O.M.B. uchun tug‘ilganlik guvohnomasini olgani aniqlangan.

Tashqi ishlar vazirligi ma’lumot berishicha, bunday holatlar nafaqat fuqarolarning huquqiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, balki jinoyat javobgarligiga olib kelishi mumkin. Soxta hujjatlar orqali amalga oshirilgan harakatlar tergov ishlari va jinoiy oqibatlarni keltirib chiqaradi.

Vazirlik fuqarolarga quyidagilarni eslatdi:
— Hujjatlarni rasmiylashtirishda faqat O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlariga (konsullik muassasalari, elchixonalar, FHDYo va boshqalar) murojaat qilish lozim;
— Ijtimoiy tarmoqlarda uchraydigan “tez va oson hujjat” haqidagi e’lonlarga ishonmaslik kerak — ularning ko‘pchiligi firibgarlik yoki noqonuniy sxemalar hisoblanadi;
— Shubhali takliflar haqida darhol O‘zbekistonning yaqin konsullik muassasasiga yoki Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Kiritildi: Bugun 09:38. O'qildi: 839 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!