Belgorod suv ombori to‘g‘oni Ukraina qurolli kuchlarining zarbasi natijasida vayron bo‘ldi.
Bu haqda Belgorod viloyati gubernatori Vyacheslav Gladkov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Ukraina Qurolli kuchlari yana bir marta zarba bersa, Belgorod suv ombori to‘g‘oni ochilib, taxminan 1000 kishining uyi suv ostida qolishi mumkin.
"Agar bu sodir bo‘ladigan bo‘lsa, Xarkov viloyatidan daryo tekisligi va 1000 ga yaqin aholi istiqomat qiladigan aholi punktlariimizning bir necha ko‘chalarini suv bosishi xavfi tug‘iladi”, deb yozadi u.
Gladkov shuningdek, suv toshqini xavfi ostida yashovchi aholi evakuasiya qilinishini ham e’lon qildi. Aholiga vaqtinchalik turar joy izlash tavsiya qilingan.