"Barselona" yakshanba kuni La Liga 10-turida "Real" mehmoni bo‘ladi.
Marca xabariga ko‘ra, ushbu bellashuvda braziliyalik vinger Rafinya ishtirok etmaydi.
28 yoshli futbolchi o‘ng sonidan olgan jarohatini to‘liq davolagani yo‘q. U bugungi mashg‘ulotlarda ishtirok etmagan.
Yakshanba kungi o‘yin 20:15 da start oladi.