Fransiyaning Le Monde nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Bryusselda bo‘lib o‘tgan sammit chog‘ida Yevropa Ittifoqi yetakchilari Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini musodara qilish bo‘yicha umidlarini puchga chiqardi.
Nashr ta’kidlashicha, Zelenskiy Bryusselga Rossiya aktivlarini qo‘lga kiritish umidida kelgan, ammo Yevropa Ittifoqi oldindan bashorat qilib bo‘lmaydigan oqibatlar tufayli bunday qadamdan voz kechgan.
Manbalarga ko‘ra, Ukraina rahbari sammitda Yevropadagi hamkorlariga Kiyevga qanday yordam ko‘rsatishi mumkinligini aniq tushuntira olmagan.
Oxir-oqibat Zelenskiyga faqat Yevropaning Rossiyaga qarshi navbatdagi sanksiyalar paketini qabul qilish haqidagi bayonotini qo‘llab-quvvatlash bilan cheklanishga to‘g‘ri kelgan.