Buyuk Britaniya Rossiyaning suv osti kemalari faolligi oshib, Sovuq urush darajasiga yetganini xabar qildi.
Bu haqda Mudofaa vaziri Jon Gili ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, qirollik havo kuchlari va qirollik dengiz floti Shimoliy Atlantikada "Rossiya suv osti kemalarini ov qilmoqda". Gili, Britaniya suvlariga tahdid solayotgan rus kemalari soni 30 foizga oshganini ta’kidladi.
Qirollik havo kuchlari deyarli har kuni, ba’zan tunu-kun va ko‘pincha NATOning boshqa ittifoqchilari ko‘magida missiyalarni bajaradi, deya qo‘shimcha qildi Gili.