Bugun 11 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Koreya Hyundai Rotem tezkor poyezdlarining ilk partiyasini O‘zbekistonga jo‘natdi

Koreya Hyundai Rotem tezkor poyezdlarining ilk partiyasini O‘zbekistonga jo‘natdi

Janubiy Koreyaning Changvon shahridagi Masan portida O‘zbekiston uchun ishlab chiqarilgan Hyundai Rotem yuqori tezlikdagi poyezdlari birinchi partiyasini rasmiy jo‘natish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi delegasiya, Koreya hukumati vakillari va Hyundai Rotem rahbarlari ishtirok etdi.

Koreya Hyundai Rotem tezkor poyezdlarining ilk partiyasini O‘zbekistonga jo‘natdi

Koreya Hyundai Rotem tezkor poyezdlarining ilk partiyasini O‘zbekistonga jo‘natdi

Koreya Hyundai Rotem tezkor poyezdlarining ilk partiyasini O‘zbekistonga jo‘natdi

«Jaloliddin Manguberdi» nomi berilgan O‘zbekistonning yangi yuqori tezlikdagi temir yo‘l parkining birinchi poyezdi Hyundai Rotem tomonidan O‘zbekiston temir yo‘llari bilan 2024 yil iyun oyida imzolangan shartnoma doirasida ishlab chiqarildi.

Shu yil may oyida prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrifi davomida Hyundai Rotem kompaniyasidan yuqori tezlikdagi 6 ta elektropoyezd xarid qilinib, kelgusi yildan «Jaloliddin Manguberdi» nomi ostida Toshkent-Xiva yo‘nalishiga qo‘yilishi haqida xabar berilgan edi.

Ta’kidlanishicha, Toshkentdan Xivaga 14 soat harakatlanadigan oddiy poyezddan farqli o‘laroq, yangi tezkor poyezd manzilga 7 soat 40 daqiqada yetib boradi.

Kiritildi: 22:45 10.12.2025. O'qildi: 694 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!