Kongo Demokratik Respublikasida 9 oy ichida 64 mingdan ortiq vabo holati qayd etildi. Holatlarning aksariyati bolalarga tegishlidir, deb xabar beradi BelTA.
Bu yil Kongo Demokratik Respublikasida 64 427 ta vabo holati qayd etildi, ulardan 1888 tasi o‘lim bilan yakunlandi. Bemorlarning 14 818 tasi bolalar. Ulardan 340 tasi vafot etgan.
Kasallik allaqachon 26 provinsiyadan 17 tasiga tarqaldi. Eng muhim o‘choqlardan biri — Kinshasada.
— Vaboning oldini olish mumkin. Bu yuqori xavfli hududlarda suv ta’minoti, sanitariya va sog‘liqni saqlash tizimlarini yaxshilashga davlat investisiyalarini ko‘paytirishni talab qiladi. Kasallik vabo vibrioni bilan ifloslangan suv va oziq-ovqat orqali yuqadi. Shuning uchun, ma’lumotlarda aytilishicha, aholini, ayniqsa kasallik keng tarqalgan hududlarda yashovchi bolalarni himoya qilish uchun profilaktika choralariga alohida e’tibor qaratish kerak, — deyiladi xabarda.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, har yili 1,4 million kishi toza suv, sanitariya va gigiyena yo‘qligi sababli vafot etadi.