Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusi tarqalishi oqibatida kasallanganlar soni 2200 nafarga yetdi, 864 kishi vafot etdi. Bu haqda Reuters hukumat ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Ebola epidemiyasi mamlakatda may oyida boshlangan. Unga hozircha vaksinasi yoki samarali davosi mavjud bo‘lmagan Bundibugyo shtammi sabab bo‘lgan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotiga ko‘ra, mazkur epidemiya Kongo Demokratik Respublikasi tarixidagi uchinchi eng yirik Ebola epidemiyasi hisoblanadi.
Kasallik holatlari Ugandada ham qayd etilgan. Mamlakatdagi so‘nggi bemor 16 iyul kuni shifoxonadan uyiga javob berilgan. Iyun oyi oxiridan buyon Ugandada Ebola bilan bog‘liq yangi holatlar aniqlanmagan.