Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Kiyevda mudofaa vaziri Fedorovning lavozimdan olinishiga qarshi noroziliklar ikkinchi kun davom etmoqda

Kiyevda mudofaa vaziri Fedorovning lavozimdan olinishiga qarshi noroziliklar ikkinchi kun davom etmoqda

Ukraina poytaxti Kiyev shahrida prezident Vladimir Zelenskiyning mudofaa vaziri Mixailo Fedorovni lavozimidan ozod qilish qaroriga qarshi norozilik namoyishlari ikkinchi kun ham davom etdi.

Namoyishchilar Fedorovni Ukraina armiyasida dronlardan foydalanish tizimini rivojlantirgan va harbiy innovasiyalarni joriy etgan islohotchi rahbar sifatida baholamoqda. Uning lavozimdan olinishi jamoatchilik orasida keng muhokamalarga sabab bo‘lgan.

Ommaviy axborot vositalari ma’lumotiga ko‘ra, Fedorov zamonaviy harbiy texnologiyalarni joriy etishda muhim rol o‘ynagan, biroq an’anaviy harbiy rahbariyat bilan bir qator masalalarda kelishmovchiliklarga duch kelgan.

Norozilik ishtirokchilari Zelenskiy qarorini qayta ko‘rib chiqishni talab qilmoqda. Hozircha Ukraina hukumati namoyishlar yuzasidan qo‘shimcha bayonot bermagan.

Kiritildi: 19:08 18.07.2026. O'qildi: 913 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!