Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Kaspiy quvur konsorsiumi (KQK) ikki tankerga tungi hujumdan so‘ng neft ortishni to‘xtatdi

Kaspiy quvur konsorsiumi (KQK) ikki tankerga tungi hujumdan so‘ng neft ortishni to‘xtatdi

Marshall orollari bayrog‘i ostidagi Nissos Sifnos tankeri KQKning VPU-3 masofaviy suzvchi prichalida neft ortayotgan vaqtda dron hujumiga uchragan, deb xabar berdi konsorsium matbuot xizmati.

Xabarda ta’kidlanishicha, yuk palubasida yong‘in kelib chiqqan va u ekipaj tomonidan o‘chirilgan. Jabrlanganlar va qurbonlar yo‘q, neft to‘kilishi yuz bermagan. Tanker suvda suzish qobiliyatini saqlab qolgan, yetkazilgan zarar baholanmoqda.

​"Neft ortish to‘xtatildi, neft quvuri ob’ektlari shtat rejimida ishlamoqda", — deyiladi KQK xabarida.

​Bundan tashqari, KQK dengiz terminalidan olti dengiz mili uzoqlikda (qariyb 11 km) Men oroli bayrog‘i ostida suzayotgan Marathi tankeri ham hujumga uchragan. Kema neft qabul qilish uchun harakatlanayotgan bo‘lgan.

Kiritildi: 13:13 30.07.2026. O'qildi: 1053 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!