Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

JCH-2026da sensasiya: Xolandning dubli Norvegiyani chorak finalga olib chiqdi, Braziliya turnirni tark etdi

JCH-2026da sensasiya: Xolandning dubli Norvegiyani chorak finalga olib chiqdi, Braziliya turnirni tark etdi

Norvegiya JCH-2026 1/8 finalida Braziliyani mag‘lub etdi — 2:1. Uchrashuv AQShdagi «Nyu-York/Nyu-Jersi Stedium» arenasida bo‘lib o‘tdi.

Norvegiyaliklar safida Epling Xoland dubl qayd etdi, u 79 va 90-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qildi. 90+10-daqiqada Neymar penaltini aniq amalga oshirib, Braziliyaning javob golini urdi. 34 yoshli hujumchi o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida boshladi va 67-daqiqada maydonga tushdi.

Birinchi bo‘limda braziliyalik Bruno Gimaraes 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalana olmadi. Ushbu penalti bosh hakam Ismail Elfat tomonidan Mateus Kunyaga ishlatilgan qo‘pollik uchun VAR videotakroridan so‘ng belgilangan edi.

Norvegiya o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionatining chorak finaliga yo‘l oldi va ushbu bosqichda Meksika — Angliya uchrashuvi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi. Braziliya esa turnirdagi ishtirokini yakunladi.

Kiritildi: 08:01 06.07.2026. O'qildi: 1081 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!