Jazoirning shimoliy va shimoli-sharqiy qismida sodir bo‘lgan ulkan o‘rmon yong‘inlari oqibatida kamida olti kishi halok bo‘ldi va qariyb 100 kishi jarohat oldi.
Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi e’lon qildi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida zarar ko‘rgan hududlarning 100 dan ortiq aholisi kasalxonaga yotqizilgan. Ularning barchasining ahvoli barqaror.
Fuqaro mudofaasi kuchlarining ma’lumotlariga ko‘ra, yaqinda Jazoirning shimoliy qismida 1500 dan ortiq yong‘in qayd etilgan. Yong‘inlar o‘rmonlar, palma bog‘lari va qishloq xo‘jaligi yerlarini vayron qildi, aholisi tezda evakuasiya qilingan 150 dan ortiq uyga zarar yetkazdi.
Ta’kidlanishicha, yong‘inlarni o‘chirish ishlari kuchli shamol va issiq havo, harorat 35°S dan oshishi bilan murakkablashmoqda.