Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Italiyada marokashlik erkak polisiya tomonidan qo‘lga olinishi chog‘ida halok bo‘lishi ortidan norozilik namoyishlari boshlandi

Italiyada marokashlik erkak polisiya tomonidan qo‘lga olinishi chog‘ida halok bo‘lishi ortidan norozilik namoyishlari boshlandi


Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, tartibsizliklar chog‘ida 11 kishi jarohat olgan, ulardan besh nafari namoyishchilar. Biroq Italiya polisiyasi jarohatlangan huquq-tartibot xodimlari soni bir necha o‘n kishini tashkil etishini aytdi.

O‘tgan yakshanba kuni marokashlik tadbirkor Abdurrahim Fakir polisiya tomonidan ushlanishi vaqtida halok bo‘lgandi. Hodisani mahalliy fuqaro videoga olgan: tasvirlarda ikki polisiyachi bir erkakni yuzi bilan yerga bosib turgani, u esa yordamga chaqirib, nafas ololmayotganini aytayotgani ko‘rinadi. Birmuncha vaqt o‘tgach, u gapirishdan va harakatlanishdan to‘xtaydi. Videoda, shuningdek, sodir bo‘layotgan voqeaga umuman aralashmayotgan to‘rt nafar tibbiyot xodimi ham ko‘rinadi.

Polisiyachilar Fakirni ushlash vaqtida qalampir gazidan foydalangan. Uning tanasida, bosh va yuz qismida jarohatlar qayd etilgan. Italiya prokuraturasi ehtiyotsizlik ortidan odam o‘ldirish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

Halokat tasvirlangan videoyozuv Bolonyaning yuzlab aholisini ko‘chalarga chiqishga majbur qildi va bu aksiya polisiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketdi.

Italiya bosh vaziri Jorja Meloni Bolonyada 42 yoshli marokashlik Abdurrahim Fakirning polisiya ushlashi chog‘idagi o‘limi bo‘yicha surishtiruv o‘tkazishga chaqirdi.

"Bolonyada yuz bergan voqea — qabul qilib bo‘lmas holat", deb yozdi u. Meloni, shuningdek, Fakirning o‘limi sababli kelib chiqqan namoyishlar davomida boshlangan tartibsizliklarni ham qoraladi.

Kiritildi: 20:38 22.07.2026. O'qildi: 677 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!