Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Informatika, fizika va biologiya o‘qituvchilarining faqat 22%i sertifikat oldi

Informatika, fizika va biologiya o‘qituvchilarining faqat 22%i sertifikat oldi



Ta’lim sifatini ta’minlash agentligiga ko‘ra, 2024–2026 yillarda bu uch fan bo‘yicha imtihon topshirgan 6 957 nafar o‘qituvchidan 1 554 nafari sertifikat olgan.

Barcha fanlar bo‘yicha esa 48 mingga yaqin pedagogning 37,7%i sinovdan o‘tgan, 7,5 mingdan ortig‘i imtihonga kelmagan.

Ish tajribasi kam o‘qituvchilarning natijasi yuqoriroq: bir yildan kam stajga ega pedagoglarning 45,2%i sertifikat olgan. 20 yildan ortiq tajribaga ega ustozlarda bu ko‘rsatkich 19,2% bo‘lgan.

Kiritildi: 18:27 16.11.2026. O'qildi: 463 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik