FIFA prezident Janni Infantinoning FIFA Forward Enterprise loyihasidan voz kechganidan so‘ng o‘z obro‘sini himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishini ma’lum qildi.
Bu haqda FIFA matbuot xizmati bayonotida aytilgan.
Ta’kidlanishicha, tashkilot rahbariyati loyihaning yopilishi oqibatlari va ichki proseduralarni takomillashtirish zarurligini muhokama qilish uchun Rabatda favqulodda yig‘ilish o‘tkazgan.
"FIFA o‘zining yaxlitligiga qilingan har qanday hujumlarga toqat qilmaydi va obro‘sini himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘radi", deyiladi bayonotda.
Tashkilot tashabbusni ishlab chiqish jarayonida xatolarga yo‘l qo‘yilganini tan oldi va FIFA a’zolaridan uzr so‘radi. Federasiya shuningdek, ichki tekshiruv o‘tkazishga va natijalari keyingi boshqaruv kengashi yig‘ilishida taqdim etilishiga va’da berdi.
Avvalroq Janni Infantino Jahon chempionati tijorat huquqlarini boshqarishga xususiy investorlarni jalb qilishni ko‘zda tutgan FIFA Forward Enterprise loyihasidan voz kechgan edi. Ushbu tashabbus UYEFA, KONKAKAF, AFS va KONMEBOL kabi futbol konfederasiyalarining keskin tanqidiga uchradi.